🖼 📋 OʻFA rahbariyati Turkiyada boʻlib oʻtadigan “Antalya Soccer Cup — 2022” musobaqasida ishtirok etadigan Oʻzbekiston faxriylar terma ja...

📋 OʻFA rahbariyati Turkiyada boʻlib oʻtadigan “Antalya Soccer Cup — 2022” musobaqasida ishtirok etadigan Oʻzbekiston faxriylar terma jamoasi bilan uchrashdi

Faxriylar Oliy ligasining turli soha vakillaridan tuzilgan 40 yosh va undan kattalardan iborat futbol jamoasi joriy yilning 19-23-oktyabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtadigan “Antalya Soccer Cup — 2022” xalqaro turnirida ishtirok etib yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Ushbu xalqaro turnirda Oʻzbekiston faxriylar terma jamoasidan tashqari Angliya, Germaniya, Marokash, Belgiya, Kanada va Turkiya kabi jami 24 jamoa ishtirok etadi.

Bugun ushbu musobaqa oldidan OʻFA rahbariyati jamoa vakillari bilan uchrashdi. Faxriylar jamoasiga bu turnirda munosib ishtirok etishlariga tilak bildirildi.

Shundan keyin jamoa aʼzolari ham oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. Uchrashuv yakunida OʻFA rahbariyati turnir oldidan yana bir bor jamoamizga omad tiladi.

📲 t.me/FAUzbekistan


from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/nXjshDc

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...