🖼 📋 Bugun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qo'mitasi Qatar futbol assotsiatsiyasini 2023 yilgi Osiyo Kubogiga mezbon assotsiatsiyasi ...
📋 Bugun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qo'mitasi Qatar futbol assotsiatsiyasini 2023 yilgi Osiyo Kubogiga mezbon assotsiatsiyasi sifatida tasdiqladi.
OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa OFK Ijroiya qo'mitasining 11-yig'ilishiga raislik qildi va Qatar Futbol Assotsiatsiyasini bo'lajak yirik turnir uchun mezbonligi bilan tabrikladi:
“OFK va Osiyo futbol oilasi nomidan Qatar futbol assotsiatsiyasini yaqinlashib kelayotgan OFK Osiyo Kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish huquqi berilgani bilan tabriklayman.
Shuningdek, Indoneziya futbol assotsiatsiyasi va Koreya futbol assotsiatsiyasiga turnirni oʻtkazish niyatlarini bildirgani uchun minnatdorchilik bildirib o'tamiz”.
Qatar OFK Osiyo Kubogi musobaqasining amaldagi chempioni hisoblanadi, 1988 hamda 2011 yillarda ham qit‘aning eng nufuzli birinchiligiga ushbu mamlakat mezbonlik qilgan.
📲 t.me/FAUzbekistan

from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/R8o9dmq
Comments
Post a Comment