Xabaringiz bor, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol mutaxassislari, murabbiylar hamda texnik direktorlarni oʻqitish, malakasini oshirish va ul...

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol mutaxassislari, murabbiylar hamda texnik direktorlarni oʻqitish, malakasini oshirish va ularga xalqaro tajribalarni oʻzlashtirishga koʻmaklashish borasida tizimli ishlarni yoʻlga qoʻygan. Bu borada oʻzaro tajriba almashish boʻyicha bir nechta xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelinmoqda.

Mana shu hamkorlik doirasida kecha xorvatiyalik taniqli mutaxassis, Jahon chempionati ishtirokchisi, faoliyatida davomida koʻplab nomdor jamoalar, xususan, “Monpelye”, “Xayduk”, “Valyadolid”, “Napoli” va “Derbi Kaunti” kabi jamoalarda toʻp surgan sobiq futbolchi — Alyosha Asanovich yurtimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Alyosha Asanovich Oʻzbekistondagi hududiy futbol assotsiatsiyalarining har bir yoʻnalish boʻyicha olib borayotgan faoliyatini atroflicha oʻrganish, yurtimizdagi murabbiylar ish faoliyati va tajribasini tahlil qilish hamda tajriba almashish, texnik direktorlarga qoʻyiladigan talab va tavsiyalar boʻyicha maʼlumot berish kabi vazifalarni maqsad qilgan.

Dastlab Alyosha Asanovich Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida boʻldi. OʻFA rahbariyati bilan uchrashuvda Oʻzbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar dasturi muhokama qilindi.

Xorvatiyalik mutaxassis Oʻzbekistonda 1 hafta davomida mamlakatimizning bir necha hududlarida boʻlib, joylardagi futbol bilan bogʻliq vaziyatni oʻrganib chiqish hamda oʻz xulosa va takliflarini taqdim etishni reja qilgan.

📲 t.me/FAUzbekistan



from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/kBo8qrf

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...