🖼 📋 Toshkentdan yoʻlga chiqqan delegatsiya Andijon viloyatiga yetib keldi. Mehmonlarni Andijon futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari, OAV va ken...

📋 Toshkentdan yoʻlga chiqqan delegatsiya Andijon viloyatiga yetib keldi. Mehmonlarni Andijon futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari, OAV va keng jamoatchilik vakillari kutib oldi.

Delegatsiya vakillari dastlab Andijon viloyatidagi futbol mahorat maktabiga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida mehmonlar akademiya faoliyati bilan batafsil tanishdilar. Qayd etilishicha, akademiya 2018-yildan beri faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Uning yotoqxonasida 154 ta boʻlajak futbolchilar istiqomad qilmoqda. Shuningdek, akademiyada katta hajmdagi 2 ta standart va 1 ta sunʼiy qoplamali maydon, basseyn, sport zal mavjud.

Mutasaddilar akademiya va klub faoliyatiga oid bir qancha masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar. Futbolimiz faxriylari yosh futbolchilar bilan suhbatlashib, ularga omad tiladilar. Boʻlgʻusi futbolimiz yulduzlariga esdalik sovgʻalari topshirildi.

#110yil #Andijon

📲 t.me/FAUzbekistan



from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/Dptgenr

Comments

Popular posts from this blog

2023-2024 oquv yillari uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Toshkent shahar va viloyat futbol akademiyalariga 4-sinfni tamomlagan 10-11 yoshl...

📋 OAV vakillari diqqatiga! Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlari “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda soat 17:50 da ...

🖼 📋 1 iyun Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlab FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi doirasida “Primary school kindergarten” futbol makta...