🖼 📸 Bugun Navoiy viloyati hokimligida oʻzbek futbolining 110 yilligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Navoiy viloyati hokimi Nor...
📸 Bugun Navoiy viloyati hokimligida oʻzbek futbolining 110 yilligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, oʻzbek futboli faxriylari, yosh futbolchilar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Normat Tursunov viloyatda futbol rivoji yoʻlida amalga oshirilgan ishlar va boʻlajak rejalar bilan oʻrtoqlashdi.
Uchrashuv soʻngida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Quvondiq Sanaqulovga “Oʻzbekiston futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni topshirildi. Bundan tashqari, bir qator faxriy hamda mutasaddilarga esdalik sovgʻalari berildi.
#110yil #Navoiy
📲 t.me/FAUzbekistan








from Uzbekistan Football Association - Telegram Channel https://ift.tt/4ouLEjd
Comments
Post a Comment